Yaxshi yashashni kafolatlamaydigan diplom, sotib olingan baholar va raqobat muhiti: Alisher Qodirov abituriyentlar haqida fikr bildirdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, “Milliy tiklanish” DP MK raisi Alisher Qodirov universitetlarga topshirgan abituriyentlarning soni kamayganiga oʻz fikrini bildirdi.
“Oliy taʼlim olish uchun murojaatning sezilarli kamaygani yoshlarimizni quyidagi xulosalarga kelganini koʻrsatadi deb oʻylayman: Birinchi, oliy maʼlumot haqidagi diplom yaxshi yashash uchun kafolat emas. Ikkinchi, sotib olingan baholar, natijada diplom malaka va mutaxassislikni paydo qilib qoʻymaydi. Uchinchi, diplom real raqobat muhitida yordam bermaydi”, degan u.
Avvalroq siyosatchi oʻz postlarining birida oliy maʼlumot qobiliyat va imkoniyat talab qiladigan, jiddiy majburiyat yuklaydigan qimmat mahsulot ekanligini taʼkidlagandi.
Alisher Qodirovning fikricha, maktabni soʻnggi sinflari va maktabni tugatgandan keyin yoshlarga raqobatbardosh kasb-hunar oʻrgatadigan, qisqa, arzon va samarali tizim yaratilishiga jiddiy eʼtibor qaratilishi kerak.
Avvalroq “Milliy tiklanish” DP MK raisi jamiyatdagi otalik mavqeyi haqda jiddiy chiqish qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring