Vobkentda kilogrammi kamida 80-90 ming soʻm turadigan meva mahalliylashtirilmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Istam IBROHIMOV/«Xalq soʻzi». Buxoro viloyati Vobkent tumani «Azizbek Asilbek» fermer xoʻjaligining 35 sotixdan iborat maydonida golubika parvarishi yoʻlga qoʻyildi. Xalq tilida buta mevasi, botqoq qaragʻayi deb ham ataladigan bu oʻsimlik koʻchatlari Polshadan keltirildi.
– Mutaxassislar bergan maʼlumotlarga qaraganda, golubika mevasi juda xushtaʼm, vitaminga boy va shifobaxshdir, – tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari Shuhrat Sharipov. – Bu oʻsimlik respublikamiz hududida u qadar ommalashmagan. Vaholanki, dunyo bozorida mevasiga talab juda katta. Uni mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirish ortidan yaxshigina daromad topish mumkin. Toʻrt yoshga yetganida hosilga kiradigan golubika mevasining har kilogrammi bozorda kamida 80-90 ming soʻm turadi. Eʼtiborlisi, u 90-yildan koʻproq davr mobaynida hosil beradi.
Golubikaning asl vatani Shimoliy Amerika sanaladi. U asosan botqoq joylarda yovvoyi holda oʻsgan. AQSHda oʻtgan asrning boshlarida madaniylashtirilgan va butun dunyoga tarqagan. 1974-yilda AQSH qishloq xoʻjaligi vazirligi iyulni golubika milliy oyligi deb eʼlon qilgan. Hozir Polsha golubika yetishtirish boʻyicha yetakchi davlatlardan sanaladi. Mevasini toʻgʻridan-toʻgʻri isteʼmol qilishdan tashqari, undan murabbo, qiyom, sharbat va hatto vino tayyorlash mumkin. Oziq-ovqat sanoatida alohida qadr-qimmatga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring