Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari, BMTning Jenevadagi boʻlinmasi Bosh direktori Tatyana Valovayani qabul qildi

07:49 06 Dekabr 2022 Siyosat
779 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2022-yilning 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari, BMTning Jenevadagi boʻlinmasi Bosh direktori Tatyana Valovayani qabul qildi.

Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi hamkorlik holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Vladimir Norov Oʻzbekiston BMT va uning institutlari bilan har tomonlama va oʻzaro manfaatli hamkorlikka katta eʼtibor qaratayotganini taʼkidladi.

Mamlakatimiz bugungi kunda BMT faoliyatida ishtirok etayotgani, dolzarb global va mintaqaviy muammolarni hal etish boʻyicha muhim xalqaro tashabbuslarni ilgari surayotgani taʼkidlandi.

BMT Bosh kotibi oʻrinbosari Oʻzbekistonning xalqaro maydonda, birinchi navbatda, BMT doirasidagi faolligi ortib borayotgani, shuningdek, mamlakat rahbariyatining global va mintaqaviy tashabbuslari jahon hamjamiyatining keng qoʻllab-quvvatlanayotganini alohida taʼkidladi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari, inson huquqlarini taʼminlash, gender tengligini taʼminlash, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Muloqot chogʻida Orol dengizi ekologik halokati oqibatlarini yumshatish sharoitida mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер