Uzunlik paxtakorlar respublikada birinchi boʻlib paxta rejasini bajardi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Surxondaryo viloyatining Uzun tumani mirishkorlari joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejasini mamlakatda birinchi boʻlib bajarishdi.
Tumandagi 135 ta fermer xoʻjaligi tomonidan 2 ming 475 gektar maydonda gʻoʻzaning “Sulton”, “Namangan-77” va “Ravnaq” navlaridan moʻl hosil yetishtirilib, 9 ming 105 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etildi. Bu belgilangan rejaning 100,1 foizini tashkil qiladi.

Hozirga qadar terib olingan gʻoʻza maydonlarida oʻrtacha hosildorlik 38-39 sentnerni tashkil etmoqda. Tumanning ilgʻor fermer xoʻjaliklari, “Joʻrabek Safarov baraka”, “Zilola Kamola omad” va “Qurbonova Xojaroy” kabi fermer xoʻjaliklari tomonidan oʻrtacha 42-46 sentner hosil yetishtirildi.
Maʼlumot uchun, 2024-yil paxta hosili uchun vohada 72 ming gektar maydonda chigit qadalgan boʻlib, ayni paytda yigʻim-terim ishlari qizgʻin davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring