Umraga toʻplagan mablagʻiga maktabga kitob sovgʻa qildi

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Oramizda shunday insonlar borki, ular oʻzlarining insoniylik fazilatlari, olijanob xislatlari bilan boshqalarga ibrat boʻladi. Baliqchi tumanidagi “Matonat” mahallasida yashovchi Yoqutxon Abdullayeva shular jumlasidan. 70 yoshni qarshilagan onaxon muborak Umra ziyoratini amalga oshirishni niyat qilgandi. Safar oldidan kutilmagan xayrli ishga qoʻl urdi.
— Ulugʻlar aytganidek, kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrok, ilm-u donishmandlikning asosi. Hayotni oʻrgatuvchi beminnat murabbiy, — deydi Yoqutxon aya. — Bugungi axborot asrining ilgʻor texnologiyalari hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Ammo farzandlarimizni kitob mutolaasiga oʻrgatish lozim. Bu boradagi savobli ishlarni eng avvalo maktabdan boshlash kerak.
Ismiga munosib onaxon Umra ziyorati uchun toʻplagan mablagʻiga 250 dona kitob sotib oldi. Uni tumandagi 17-umumtaʼlim maktabining kutubxonasiga sovgʻa qildi
Aslida savob olish qiyinmas, buning uchun xohishning oʻzi kifoya. Yaxshilikning esa katta-kichigi boʻlmaydi. Yoqutxon Abdullayeva boshlagan tashabbus barchaga ibrat boʻladi, degan umiddamiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring