Ulugʻbek Rashitov Parij Olimpiadasi yarim finaliga chiqdi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Taekvando boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ulugʻbek Rashitov “Parij-2024” yozgi Olimpiadasidagi ishtirokini boshlab oldi.
Qayd etish kerakki, yurtdoshlarimiz orasida birinchi boʻlib taekvando bahslariga kirishgan hamyurtimiz -68 kg vazn toifasida xitoylik Liang Yushayni magʻlubiyatga uchratib medal uchun katta qadam tashladi.
Qiziqarli kechgan bahsning birinchi raundi 2:1 va ikkinchisi 9:2 hisobida yakunlandi. Shu tariqa, Ulugʻbek keyingi bosqichga chiqdi. Hamyurtimiz yarim finalda Ispaniya vakili Xavyer Peresga qarshi bahs olib boradi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Ulugʻbek Rashitov 2002-yil 23-martda tavallud topgan. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida chempion boʻlgan. Oʻzbekiston terma jamoasi tarixida taekvondo boʻyicha Olimpiada oʻyinlarida birinchi oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Avvalroq, Nilufar Zokirova finishga 1 sekundga kech kelib, yarim finalga chiqa olmagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring