Uch avtomobilga 350ga yaqin daʼvogar — maktab oʻquvchilari oʻrtasida matematika fanidan “Qoʻqon olimpiadasi” respublika bosqichi boshlandi
Joriy yilning 13-14-mart kunlari “Bilim insonni ulugʻlaydi” shiori ostida Qoʻqon universiteti tashabbusi bilan “Qorakoʻl ziyo” nodavlat taʼlim muassasasi bilan hamkorlikda respublika umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida matematika fanidan “Qoʻqon olimpiadasi”ning Respublika bosqichi tashkil etilmoqda.
Qayd etish joizki, bu xususiy sektor vakillari tomonidan tashkil etilayotgan ilk ana shunday nufuzli olimpiada hisoblanadi.
Bilimlar bellashuvi Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomada aks etgan: aniq fanlarni rivojlantirish, yoshlarning bilimga, ilmga va innovatorlik gʻoyalarini yaratishga boʻlgan qiziqishlarini yana-da oshirish borasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yoʻlida “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiyadan boshlanadi”, degan chaqiriqlariga javoban oʻtkazilmoqda.
Yosh matematiklarning ushbu bellashuvida respublikamizning barcha umumtaʼlim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan hamda xususiy maktablarning 5-6-7-sinf, 8-9-sinf va 10-11-sinf, akademik litseylarning 1-2-kurs oʻquvchilari katta qiziqish bilan faol ishtirok etdi. Umumiy hisobda respublikaning 14 ta hududidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan hamda xususiy maktablar oʻquvchilaridan jami 350 nafarga yaqin nomzod respublika bosqichida ishtirok etmoqda.
Respublika bosqichiga qadar tuman-shahar bosqichlarida 60 ming nafarga yaqin va hududiy (viloyat) bosqichida 6100 nafar oʻquvchi oʻz bilimlarini sinab koʻrdi.
Test natijalariga muvofiq, har bir hududdan (14 ta maʼmuriy hudud) uchta guruh boʻyicha eng yuqori 5 oʻrindan joy olgan 15 nafardan, jami 220 nafar oʻquvchi-nomzod, shuningdek, akademik litsey oʻquvchilaridan 61 nafar, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablardan 53 nafar oʻquvchilar olimpiadaning final bosqichida ishtirok etmoqda.





Tafsilotlar bilan tanishtirib boramiz.
Fazliddin Abilov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring