Turkiya futbolida noodatiy voqea sodir boʻldi (+video)

Turkiya Superligasining navbatdagi tur oʻyinida “Adana Demirspor” jamoasi “Galatasaray” klubiga qarshi maydonga chiqdi. Oʻyinning birinchi boʻlimida “Adana Demirspor” jamoasi darvozasiga penalti belgilandi. Futbolchilar esa belgilangan penaltidan norozi boʻlib, maydonni tark etishgan. Bu haqida “NDTV Sports” nashri xabar berdi.
Unga koʻra, oʻyinning 12-daqiqasida “Galatasaray” klubi futbolchisi Alvaro Morata penaltidan hisobni ochgan. Shundan soʻng, “Adana Demirspor” bosh murabbiyi Mustafa Alper belgilangan penaltidan norozi boʻlib jamoasini kiyinish xonasiga olib chiqib ketdi. Natijada uchrashuv bosh hakami ham oʻyin toʻxtatilganini eʼlon qilib, maydonni tark etgan.
“Adana Demirspor” vitse-prezidenti Metin Korkmaz ushbu holatga izoh berib, “bu qaror «Galatasaray”ga emas, hakamlar hayʼatiga qarshi norozilik» ekanini taʼkidladi. “Galatasaray” bosh murabbiyi Okan Buruk ushbu voqeani “Turkiya futboliga katta zarar keltirish hamda butun dunyoga sharmanda qilishdan boshqa narsa emas”, — deya izohladi.
Mazkur holatga “Galatasaroy”ning azaliy raqibi “Fenerbahche” ham oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida jamoani tanqid qilib, “Siz tufayli ishonch va adolat qolmadi. Ammo sizlar har doim eng begunoh va jabrdiyda boʻlasiz. Tabriklaymiz, Turkiya futboliga katta zarar yetkazdingiz”, — deb post qoldirgan.
Shuningdek, “Galatasaray” klubi vitse-prezidenti Metin Ozturk “Fenerbaxche”ning bu munosabatiga javoban, “Adana Demirspor” hamda “Galatasaray” birinchi marta adolatsizlikka uchrayaptimi? Agar har bir adolatsiz penaltidan keyin jamoalar maydonni tark etsa, Turkiya ligasi toʻrtinchi haftadayoq yakuniga yetadi», — deya taʼkidladi.
Mazkur holat yuzasidan Turkiya Futbol Federatsiyasi oʻrganish olib borib, yakuniy qaror chiqarishini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring