Jizzaxda “chigirtkalar bosqini” yuz bergani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Zomin tumanida chigirtkalarning katta toʻdalari paydo boʻlgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Ushbu holatga Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, tarqalgan xabarlardagi holat 11-iyun kuni tasvirga olingan. Unda tumanda Karantin agentligining Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati xodimi kimyoviy ishlov olib borilishidan oldin mahalla aholisiga tushuntirish ishlarini olib borayotgan boʻlgan.
Hozirda hudud zararsizlantirilib, chigirtkalar toʻdasi bartaraf etilgani aytildi.
Taʼkidlanishicha, joriy yilda 608 ming gektar maydonda kimyoviy ishlov olib borilishi rejalashtirilgan boʻlib, shundan 99 300 gektar Jizzax viloyatida oʻtkazilishi kerak boʻlgan. Har kuni respublika boʻyicha taxminan 7-8 ming gektar yerga kimyoviy ishlov berilmoqda.
Shuningdek, mavsum boshidan buyon 1000 dan ortiq texnika, 650 nafardan ortiq ishchi xodim jalb etilib, kurash tadbirlari davom etmoqda.
Taʼkidlash joiz, Oʻzbekistonda 2025-yilda 608 ming gektar maydonda chigirtka tarqalishi prognoz qilingandi. Shunga qaramasdan, iqlim oʻzgarishi, yil sayin havo haroratining oshib borayotgani zararli chigirtkalar maydoni kengayishiga olib kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring