Toshkentdagi Shota Rustaveli koʻchasida avtomobillar harakati tiklandi

Foto: Toshkent shahar hokimligi
Kecha, 23-sentyabr kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumani hududida rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan Shota Rustaveli koʻchasining Shahrisabz koʻchasidan Choʻpon ota koʻchasigacha boʻlgan qismi transport harakati uchun ochildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Hokimlik matbuot xizmatiga koʻra, yoʻlning Choʻpon ota koʻchasidan Yangi Sergeli koʻchasigacha boʻlgan qismida esa ishlar jadal surʼatda davom etmoqda.
Qayd etilishicha, shaharning asosiy arteriyalaridan birida avtotransport harakatlanishining ochilishi texnik xususiyatga ega, yaʼni texnik va texnologik (qurilish emas) ishlar bilan birga olib borilmoqda. Yondosh mahalla va mavzelardan kirish-chiqish yoʻllari, kommunal tizimlarni yotqizish, avtobus bekatlarini alohida toʻsiq bilan oʻrash ishlari yakuniga yetkazildi.
Ushbu hududda yoʻl yoritgichlari qisman oʻrnatilgan, vaqtinchalik yoʻl chiziqlari chizilgan, avtobus yoʻlagida bekat majmualarini oʻrnatish ishlari olib borilmoqda, zamonaviy yoʻl belgilarining aksariyati allaqachon oʻrnatilgan, barcha svetofor tizimlari ulanib, meʼyoriy tarzda ishlamoqda.
“Jarayonlarni yakunlashga qaratilgan ishlar tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda davom ettiriladi. Ushbu qaror poytaxtdagi transport vaziyatini yengillashtirish maqsadida harakatlanishni bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish va tiklash boʻyicha umumiy rejaning bir qismidir”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, hokimlik aholidan ish jarayonida kamchilik va nosozliklar yuzaga kelishi mumkinligini tushunish bilan qabul qilishni soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Dollar kursi tushishda davom etmoqda
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring