Toshkentdagi klinikada 8 yoshli bolaning vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Toshkentdagi xususiy klinikada 8 yoshli bolaning vafot etganligi yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 25-avgust kuni bola Toshkent shahridagi “Paeonnis” xususiy klinikasida burun boʻyicha operatsiya (rinoplastika) qilingan va undan soʻng hayotdan koʻz yumgan.
Ushbu holat yuzasidan vaziyatga aloqador shaxslarni batafsil soʻroq qilish, yuzlashtirish, qoʻp vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini oʻtkazmasdan qonuniy toʻxtamga kelish imkoni yoʻqligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi, yaʼni kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Shu bilan birga, barcha zarur tergov harakatlari oʻtkazilganidan soʻng ish boʻyicha qonuniy toʻxtamga kelinishi taʼkidlandi.
“Marhumning yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etamiz va hamdardligimizni bildiramiz”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring