Toshkentda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasini ochish masalasi muhokama qilindi
Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov Shveysariyada Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (XTMI) Bosh direktori Bruno Oberle bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining ushbu nufuzli xalqaro ittifoqqa aʼzo boʻlganidan keyingi hamkorlik darajasi, erishilayotgan yutuqlar alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, zoonoz kasalliklar (faqat hayvonlarga xos boʻlgan, lekin hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin boʻlgan infeksion va invazion kasalliklar guruhi)ning oldini olish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishning samarali tizimini yaratish, bioxilma-xillikni saqlash va ekotizimlarni tiklash boʻyicha bir qator joriy va rejalashtirilayotgan grant dasturlari hamda loyihalarini tayyorlash, ularni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekistonda ham, Markaziy Osiyo mintaqasida ham XTMI loyihalari koʻlami kengayib bormoqda. Shu sababli muzokaralar davomida joriy yil oxiriga qadar Toshkentda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasini ochish masalasi ijobiy koʻrib chiqildi.
Shu bilan birga, Bruno Oberle Oʻzbekiston tomoniga Ittifoqning “Markaziy Osiyoda barqaror landshaftlar uchun tabiatga asoslangan yechimlarni kengaytirish” mavzusidagi mintaqaviy seminar oʻtkazish tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Seminar Toshkentda joriy yilning 15–17-iyun kunlari oʻtkaziladi.
Uchrashuv yakunida XTMI Bosh direktori Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan BMTning uchta yirik tadbiri – choʻllanish boʻyicha global tadbir (UNCCD CRIC-21), Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining 14-Tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14) va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga taklif etildi. Bruno Oberle ushbu taklifni mamnuniyat bilan qabul qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring