Toshkentda ayol bolalarini 4-qavat derazasidan tashlab, o‘z joniga ham qasd qildi
Toshkent shahrining Olmazor tumanida fojiali holat sodir bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 17-sentyabr kuni 24 yoshli ayol va uning turmush o‘rtog‘i o‘rtasida rashk asosida janjal chiqqan. Jahl ustida ayol ikki o‘g‘lini (2022 va 2024-yillarda tug‘ilgan) 4-qavatdagi yo‘lak derazasidan tashlab yuboradi. Shundan so‘ng o‘zi ham 8-qavatdan sakragan.
Oqibatda ayol kasalxonada vafot etgan, bolalarning hayoti esa shifokorlar tomonidan saqlab qolingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 25-modda bilan (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring