Toshkentda avtobus ag‘darilib ketishi natijasida yetti kishi jarohat oldi

17:54 24 Iyul 2018 Jamiyat
1589 0
Foto: Facebook / Voditeli Tashkenta

23 iyul kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Yunusobod tumanida yashovchi B.K. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobusini THAY ko‘chasida joylashgan “Rohat” avtosaloni oldida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmasligi natijasida yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Oqibatda yetti nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olganligi tufayli ularga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, javob berilgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер