Toshkent sayohat uchun eng mashhur shaharlar o‘ntaligiga kirdi

16:37 18 Aprel 2018 Jamiyat
2983 0

O‘zbekiston poytaxti rossiyalik turistlar uchun bahorgi sayohat uchun eng mashhur o‘nta shahardan biri sifatida e’tirof etildi. 

Bu haqda “TurStart” tahlil agentligi xabar berdi.

Reyting 2018 yilgi ko‘klamgi sayohatlar mashhurligi tahlili natijalari asosida tuzildi. Unda Minsk(Belarus), Ostona(Qozog‘iston) va Baku(Ozarbayjon) dastlabki uchta o‘rinni egalladi. 

Toshkent shahri esa oltinchi o‘rinda qayd etildi. Undan so‘ng ro‘yxatdan Kishinyov (Moldoviya), Bishkek (Qirg‘iziston), Dushanbe (Tojikiston) va Ashxobod (Turkmanist) joy olgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, turistlar bahor mavsumida MDH shaharlariga, o‘rtacha olganda, uch kunga keladi va yashash hamda ovqatlanish uchun bir kecha kunduzda 65 AQSh dollari sarflaydi. Toshkent, Kishinyov, Bishkek turlarning arzonligi bo‘yicha, Ostona va Baku esa qimmatligi bo‘yicha yetakchiga aylandi.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?