Toshkent — Buxoro — Toshkent yoʻnalishida yangi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Foto: O‘zbekiston temiryo‘llari
Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent — Buxoro — Toshkent yoʻnalishida yangi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, harakat tarkibi 12 ta vagondan iborat, bundan 2 ta VIP, 4 ta biznes, 4 ta ekonom, 1 ta restoran va 1 ta dizel vagonlari bor. Biznes-klass oʻrindiqlari yoʻnalish boʻyicha oʻzgaradi. Hozirda poyezd Toshkent — Buxoro — Toshkent yoʻnalishida sinovdan oʻtkazish jarayonida.
Poyezd harakat vaqti 6 soatdan iborat boʻlib, 592 km masofani bosib oʻtadi. Yangi dizel poyezdi sinovi yakunlangach, yaqin kunlarda yoʻlovchilarga foydalanish uchun topshiriladi.
Vagonlar afzalliklaridan yana biri yozda sovitish tizimi boshqa vagonlardan farqli ravishda ular toʻxtab turganda ham ishlashda davom etadi.
Mazkur dizel poyezdi “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” AJ va “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ shartnomasi asosida qurilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring