Tashabbuslar qoʻllab-quvvatlanmoqda
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Hududlardagi mavjud muammolarni fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda hal etish, ularning tashabbuslarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.
Joriy yilda Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan davlat grantlari tanloviga Andijon viloyatidan 28 ta, Jamoat fondining viloyat boʻlinmasi tomonidan eʼlon qilingan davlat grantlari tanloviga esa 14 ta loyihalar taqdim etildi. Shundan 10 ta loyiha uchun 1 mlrd. 243 mln. soʻm mablagʻ ajratiladigan boʻldi.

— Ushbu mablagʻlar ijtimoiy muhofaza, sogʻliqni saqlash, atrof-muhit, sanitariya-gigiyena holatlarini yaxshilash, taʼlim, madaniyat va sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, korrupsiyaga qarshi kurashish kabi sohalardagi muammolarning ijobiy yechimini taʼminlashga yoʻnaltiriladi, — deydi xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Nasibaxon Toʻychiyeva. — Shuningdek, Jamoat fondiga 25 ta davlat organining 55 ta ijtimoiy buyurtma loyihasi ham taqdim etilgan. Parlament komissiyasi ushbu talabnomalarni dolzarbligi boʻyicha oʻrganib chiqib, 10 ta davlat tashkilotining jami 24 mlrd. soʻmlik 11 ta ijtimoiy buyurtmasi tanlab olindi. Bularning barchasi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatiga boʻlgan eʼtiborning ijobiy samarasi, deb bilaman.
Viloyat hokimligida tanlov gʻoliblariga sertifikatlarni topshirish tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring