Surxondaryoda “Toza hudud”ga 12 ta yangi sanitariya texnikasi topshirildi
Surxondaryo viloyatida “Toza hudud” davlat muassasasiga 12 ta zamonaviy chiqindi toʻplash va tashish texnikalari topshirildi.
Tantanali marosimda viloyat masʼullari yangi avtotransport vositalari foydalanishga topshirilganini mahallalarda tozalik va tartib-intizomni kuchaytirish, aholining ekologik farovonligini taʼminlash yoʻlida muhim qadam sifatida eʼtirof etdilar. Bugungi kunda mamlakat miqyosida chiqindilarni toʻplash va tashish tizimini yaxshilash ustuvor vazifalardan biriga aylangan boʻlib, “Toza hudud” korxonalari soha boshqaruvida yetakchi tuzilma sifatida oʻz oʻrnini mustahkamlamoqda.
Yangi texnikalar ishga tushirilishi natijasida avval sanitariya xizmati qamroviga kirmagan 33 ta mahalla toʻliq ravishda xizmat bilan qamrab olinadi. Bu hududlarda ekologik holatni sezilarli darajada yaxshilaydi. Ayniqsa, sanitariya xizmati past darajada boʻlgan Jarqoʻrgʻon va Shoʻrchi tumanlarida koʻrsatkichlar 56 foizdan 100 foizgacha oshirilishi alohida taʼkidlandi. Bu nafaqat chiqindilarni oʻz vaqtida yigʻish, balki ularni manzilli tashish va utilizatsiya qilish imkoniyatlarini ham kengaytirishga xizmat qiladi.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring