Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkentda harbiy boʻlinmalarning tantanali piyoda yurish marosimi oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bugun, 12-yanvar kuni Toshkent shahrida Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy boʻlinmalarining tantanali piyoda yurish marosimi boʻlib oʻtdi.
Harbiy boʻlinmalarning tantanali piyoda yurishlari Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hududidan boshlandi. Marosimda ishtirok etgan boʻlinmalarning harakatini poytaxt aholisi hamda shahar mehmonlari katta qiziqish va iliq qarshilab oldi.
Boʻlinmalar piyoda yurish davomida “Parkent” va “Mustaqillik” koʻchalari boʻylab harakatlandi. Tadbir davomida Amir Temur xiyobonida belgilangan toʻxtash nuqtasida bayram dasturi tashkil etildi. Unda faxriy qorovul jamoasining chiqishlari, qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali namoyishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqiriqlari hamda harbiy orkestrning defile chiqishlari tomoshabinlar eʼtiboriga havola etildi.
Marosim davomida harbiy xizmatchilarning yuqori intizomi, jangovar shayligi va saf tayyorgarligi yana bir bor namoyon etildi. Tadbir poytaxt aholisiga milliy armiyamiz salohiyati va harbiy xizmatchilarning vatanparvarlik ruhini yaqqol koʻrsatib berdi.
Tantanali piyoda yurish marosimi yakunida harbiy boʻlinmalar “Mustaqillik” va “Temiryoʻl” koʻchalari orqali harakatlanib, belgilangan manzilga qaytdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring