Vatanparvarlik tarannum: “Vatan himoyachilari kuni”ga bagʻishlangan bayram konsert dasturi boʻlib oʻtdi (Fotoreportaj)

18:52 14 Yanvar 2026 Jamiyat
165 0

Foto: Yunus Bo'riev

“Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni”ga bagʻishlangan bayram konsert dasturi boʻlib oʻtdi.

Tantanali tadbirda Vatan tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida fidokorona xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar, soha faxriylari hamda ularning oila aʼzolariga hurmat va ehtirom izhor etildi. Bayram dasturi davomida taniqli sanʼatkorlar va ijodiy jamoalar tomonidan Vatanga muhabbat, jasorat va sadoqat gʻoyalarini tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar hamda sahna kompozitsiyalari namoyish etildi.

Konsert tomoshabinlarga yuksak kayfiyat va faxr tuygʻularini ulashdi. Tadbirning yorqin va unutilmas lahzalari muxbirimiz tomonidan tayyorlangan fotoreportajda oʻz aksini topdi.

Foto: Yunus Bo'riev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?