Superliga. 20-turga tafsiliy nazar: Hakamlik ustidan shikoyat va Gʻuzorda dramatik durang

20–23-avgust kunlari Oʻzbekiston Superligasining 20-tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.
Tur natijalari
“Shoʻrtan” 3:3 “Navbahor”
“Soʻgʻdiyona” 1:1 “Dinamo”
“Neftchi” 3:0 “Mashʼal”
“Buxoro” 1:0 “Qoʻqon-1912”
“Andijon” 2:6 “Paxtakor”
“Qizilqum” 1:1 “Bunyodkor”
“Surxon” 1:2 “Nasaf”
OKMK 3:1 “Xorazm”
Shu tariqa 8 uchrashuvdan 3 tasida mezbonlar, 2 tasida mehmonlar gʻalaba qozondi, yana 3 bahs durang bilan yakunlandi.
Hakamlar bahsi: “Soʻgʻdiyona” – “Dinamo”
Jizzaxda “Soʻgʻdiyona” va “Dinamo” bahsi katta tortishuvlarga sabab boʻldi.
3-daqiqada samarqandliklar penalti talab qilishdi, ammo hakam Ilgiz Tantashev hech qanday qaror chiqarmadi. 29-daqiqada mehmonlar hisobni ochdi va gʻalabani qoʻlga kiritadi deb turgan paytda, qoʻshib berilgan daqiqalarda VAR orqali mezbonlar uchun penalti belgilandi. “Soʻgʻdiyona” gol urdi va hisob 1:1 boʻldi.
Oʻyindan keyin “Dinamo” murabbiyi Vadim Abramov hakamlikdan norozilik bildirdi:
“Oxirgi daqiqada berilgan penalti sabab gʻalabani boy berdik. VARning ishini tushunmayapman. Bizdagi bahsli vaziyatda hakam videotakrorga chaqirilmadi. Bu ikki yoqlama yondashuv emasmi?”
Klub rasmiylari PFLga rasmiy shikoyat yoʻlladi. Maʼlumotlarga koʻra, uchrashuv nazoratchisi hakamga “2” bahosini qoʻygan.
“Gʻuzor tragediyasi”: Shoʻrtan – Navbahor
Gʻuzorda oʻtgan oʻyin tom maʼnoda dramaga aylandi.
“Shoʻrtan” ikkinchi davra oldidan kuchli tarkib yigʻdi va bu oʻz samarasini koʻrsata boshladi. Uchrashuv 2-daqiqadayoq Doniyor Narzullayev goli bilan boshlandi. Keyin Pedro va yana Narzullayev hisobni 2:1 qildi.
Ikkinchi boʻlimda Pedro hisobni tenglashtirdi, 79-daqiqada Abbos Gʻulomov “Navbahor”ni oldinga olib chiqdi. Ammo asosiy vaqtga qoʻshib berilgan daqiqalarda Poʻlatxoʻja Xoldarxonov (sobiq “Navbahor” oʻyinchisi) “Shoʻrtan”ni qutqardi – 3:3.
“Navbahor” ustozi Sergey Lushan:
“Bunday oʻyinlardan keyin infarkt boʻlib qolish hech gap emas. Golni oʻzimizga uramiz, qizil olamiz, keyin oldinga chiqamiz va yana gol oʻtkazamiz. Afsus”.
“Paxtakor”dan yirik gʻalaba
Andijondagi “Bobur Arena”da mahalliy “Andijon” “Paxtakor”ni qabul qildi. Birinchi davrada andijonliklar Toshkentda gʻalaba qozongan edi, bu safar esa vaziyat tubdan boshqacha kechdi.
“Paxtakor” birinchi boʻlimdayoq 3 ta gol urdi. Ikkinchi boʻlimda bir oʻyinchisi maydondan chiqarilganidan keyin “Andijon” 2 ta gol qaytardi. Ammo soʻnggi daqiqalarda toʻliq kuch bilan hujumga oʻtgan “Paxtakor” yana 3 ta toʻp kiritdi va 6:2 hisobida gʻalaba qozondi.
“Andijon” 5-yildan keyin yana oʻz darvozasidan 6 ta toʻp olib chiqdi. Oxirgi marta bunday holat 2020-yilda “Bunyodkor”ga qarshi qayd etilgan edi.
Muxlislar tashrifi
20-turdagi bahslarni jami 39 753 nafar muxlis stadionlarda kuzatdi (oʻrtacha 4 947 kishi).
Eng koʻp tomoshabin – Fargʻonadagi “Neftchi” – “Mashʼal” (11 935 nafar).
Eng kam tomoshabin – “Buxoro” – “Qoʻqon-1912” (217 nafar).
Keyingi tur
21-tur uchrashuvlari FIFA kunlaridan keyin, 11–14-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi:
“Nasaf” – “Buxoro”
“Dinamo” – “Andijon”
“Navbahor” – “Surxon”
“Soʻgʻdiyona” – OKMK
“Mashʼal” – “Shoʻrtan”
“Paxtakor” – “Neftchi”
“Qoʻqon-1912” – “Qizilqum”
“Bunyodkor” – “Xorazm”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring