Sholi hosili klasterning oʻzida qayta ishlanadi
“TCT Rice” masʼuliyati cheklangan jamiyatida yetishtirilgan bu yilgi sholi hosili klasterning oʻzida toʻliq qayta ishlanadi. Buning uchun Quyi Chirchiq tumanidagi “Surum” MFY hududida qiymati 14 milliard soʻmlik loyiha — “Sholini qayta ishlash va saqlash majmuasi” bunyod etildi.
Hozir kunda loyiha doirasida zamonaviy zavodni qurish va zarur texnologik uskunalarni oʻrnatish ishlari yakuniy bosqichga yetdi. Yaʼni Turkiyaning “Yashar Makina” kompaniyasidan olib kelingan 1,697 ming yevrolik uskunalar xorijlik mutaxassislar tomonidan oʻrnatilmoqda. Mazkur zavod soatiga 10 tonna, mavsum davomida esa 15 ming tonna sholini quritish va qayta ishlash quvvatiga ega.
Hademay foydalanishga topshiriladigan ushbu zavodda 41 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring