Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-173 son farmoni bilan 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari muhim tadbir oʻtkaziladi.
Roʻyxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:
1 bosqich 15-31-yanvar kunlari oʻtkazilib, 17 kun davomida “census.stat.uz” sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoni yaratiladi.
2 bosqich 4-28-fevral da boshlanib, “Mahalla yettiligi” aʼzolari uyma-uy yurib, planshet orqali roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.
“Shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi. Savolnomadagi maʼlumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi”, — deyiladi xabarda.
Savolnoma tarkibidagi jami savollar soni umumiy 71 tani tashkil qilib, shundan aholiga oid savollar 54 ta, qishloq xoʻjaligiga oid savollar esa 17 tadan iborat boʻladi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar oʻz tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning “census.stat.uz” portali orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishini taʼminlaydi.
Maʼlumot uchun:
- Bir kishi butun oilasi uchun roʻyxatga olish savolnomasini toʻldirishi mumkin;
- Maʼlumotlar maxfiyligi kafolatlanadi.
Roʻyxat natijalari:
- davlatga aholining haqiqiy soni va tarkibi haqida aniq tasavvur beradi;
- yangi ish oʻrinlari, maktablar, shifoxonalar va infratuzilmalarni rejalashtirishda asos boʻladi;
- qishloq xoʻjaligidagi resurslarni toʻgʻri taqsimlash imkonini yaratadi.
Qoʻshimcha qilinishicha, aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning birinchi bosqichida 15-31-yanvar kunlari onlayn roʻyxatdan fuqarolar Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan tasodifiy tarzda tanlanib, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring