Sultonov Xayriddin Madriddinovichga «O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi» faxriy unvonini berish to‘g‘risida
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, o‘zining betakror iste’dodi, serqirra ijodiy faoliyati bilan xalqimiz badiiy tafakkuri, ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, o‘zbek adabiyoti xazinasini tarixiy va zamonaviy mavzudagi yorqin asarlar bilan boyitish, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini aholi o‘rtasida targ‘ib etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 70-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayteri Sultonov Xayriddin Madriddinovichga «O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi» faxriy unvoni berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring