Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
19-yanvar kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston – Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.
2025-yilning may oyida Samarqandda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Turli darajalarda faol muloqotlar davom etmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi va qoʻshma korxonalarning soni barqaror oʻsib bormoqda. Hududlararo, shu jumladan, Lombardiya bilan almashinuvlar rivojlanmoqda. Oʻzbekiston fuqarolarining tartibli mehnat migratsiyasi uchun kvotalar ajratildi.
“Finopera”, “ANCI”, “Pietro Fiorentini”, “Danieli” va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda yirik sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda. Oʻtgan yil oxirida Samarqandda Tushia universitetining filiali ochildi.
Joriy yilda tashqi siyosat idoralari strategik muloqoti va hukumatlararo komissiyaning yigʻilishlari, shuningdek, ikkinchi Rektorlar forumini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Toʻqimachilik sanoati, geologiya, energetika, kimyo, qurilish materiallari, moliya bozori va boshqa ustuvor sohalardagi qoʻshma loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
Italiyada Oʻzbekiston, Oʻzbekistonda esa Italiya kinosi kunlarini oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Oʻzbekistonning navbatdagi Venetsiya biyennalesida ishtirok etishi hamda bu yil Milanda amaliy sanʼat va muzey koʻrgazmalarini oʻtkazish rejalari qoʻllab-quvvatlandi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Bosh vaziri Jorja Melonini Oʻzbekistonga alohida tashrif bilan kelishga taklif qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring