Shavkat Mirziyoyev SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi

11:39 01 Sentyabr 2025 Siyosat
175 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentyabr kuni Tyanszin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin raisligida oʻtgan tadbirda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, shuningdek, SHHT bosh kotibi Nurlan Yermekbayev va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi direktori Ularbek Sharsheyev qatnashdi.

Kun tartibiga muvofiq, SHHT doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirish istiqbollari muhokama qilindi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ochiq fikr almashildi.

Xitoy Raisi Si Szinpin davlatimiz rahbariga soʻz berar ekan, mamlakatimiz yetakchisi va xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekiston yuksak surʼatda rivojlanib, mamlakatda hayot yaxshilangani va Xitoy tomoni bundan juda mamnunligini alohida taʼkidladi.

Prezidentimiz uchrashuv ishtirokchilarini qutlab, Xitoyning SHHTga raisligini yuksak baholadi va Ikkinchi jahon urushidagi Buyuk Gʻalabaning 80-yilligi bilan tabrikladi, shuningdek, SHHTga aʼzo davlatlar delegatsiyalari rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan bildirgan samimiy tabriklari va ezgu tilaklari uchun minnatdorlik izhor etdi.

Mamlakatimiz yetakchisi ushbu sammit global noaniqlik sharoitida oʻtayotganini qayd etdi.

Ishonchning tizimli inqirozi, mojarolarning kengayib borayotgani, koʻp tomonlama institutlarning zaiflashishi va jahon savdo tizimining parchalanishi xalqaro xavfsizlik va barqarorlik arxitekturasi asoslariga putur yetkazmoqda.

Bunday sharoitda SHHT davlatlarining bir-birini oʻzaro tushunishi va birdamligi – bu faqat qimmatli boylik emas, balki bizning bepoyon mintaqamizda tinchlikni saqlashning kalitidir, – dedi Oʻzbekiston yetakchisi.

SHHT doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida davlatimiz rahbari quyidagi masalalarga eʼtibor qaratdi.

Eng avvalo, tashkilotning samaradorligini oshirish, uning institutlari va qarorlarni amalga oshirish mexanizmlarini mustahkamlash zarurligi qayd etildi. Tashkilotni transformatsiya qilish boʻyicha Samarqand sammitida boshlangan jarayonlar ushbu muhim vazifalarni hal etishga yordam berishiga ishonch bildirildi.

Davlatimiz rahbari SHHTni izchil kengaytirish, uning muloqot boʻyicha sheriklari tarkibiga yangi aʼzolarni, jumladan, boshqa mintaqa davlatlarini qoʻshish zarurligini, bu tashkilotni Global Janub mamlakatlari bilan hamkorlik platformasiga aylantirishga yordam berishini taʼkidladi.

Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik SHHTning ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.

Bugungi kunda kelishilgan yondashuvlarga hamda ishonch va xavfsizlikni taʼminlashning yangi mexanizmlariga talab kuchayib bormoqda, – dedi Oʻzbekiston Prezidenti.

Shu maʼnoda, davlatimiz rahbari Yadro xavfsizligi yoʻlida koʻp tomonlama sheriklikni mustahkamlash boʻyicha SHHT deklaratsiyasini qabul qilishga chaqirdi. Ushbu deklaratsiya tinchlik yoʻlidagi atomni rivojlantirish va favqulodda holatlarga javob qaytarishning mustahkam asosiga aylanadi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligidagi tarqatmaslik global rejimiga munosib hissa boʻladi.

Transchegaraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish maqsadida Ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlari kengashi ishini qayta tiklash, Jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni qayta koʻrib chiqish, Giyohvandlikka qaram boʻlib qolishga qarshi kurashishning 2030-yilga qadar moʻljallangan dasturini ishlab chiqish taklif qilindi.

Oʻzbekiston yetakchisi “SHHT – Afgʻoniston” muloqot guruhi faoliyati qayta tiklanishini qoʻllab-quvvatladi. Konstruktiv muloqotlarni rivojlantirish va Afgʻonistondagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish uning asosiy vazifalaridan biri boʻlishi mumkin.

Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan hozirgi tendensiyalarni hisobga olib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Biz keng mintaqamizda iqtisodiy hamkorlikning barqaror modellarini shakllantirish tarafdorimiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Savdoni soddalashtirish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi bitimni imzolash hamda mintaqaviy sanoat va infratuzilma loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning samarali vositalarini tezroq joriy etish muhimligi qayd etildi.

Ishonchli ishlab chiqarish-logistika zanjirlarini rivojlantirish va oʻzaro sarmoyalarni ragʻbatlantirish maqsadida SHHT doirasida Strategik materiallar boʻyicha mintaqaviy markaz, Energetika konsorsiumi, startap va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash hamda ilgari surish uchun Venchur kompaniyalari va jamgʻarmalari tarmogʻi, biznes boʻyicha muloqotlarni yoʻlga qoʻyish va investitsiyalarni ilgari surish uchun Maxsus elektron portal kabi bir qator yangi koʻp tomonlama tuzilmalar va kooperatsiyani qoʻllab-quvvatlash vositalarini joriy etish taklif qilindi.

Davlatimiz rahbari Shimol – Janub va Sharq – Gʻarb yoʻnalishlari boʻyicha transport-tranzit salohiyatini toʻliq ishga solish, Markaziy Osiyo orqali Fors koʻrfazi va Hind okeani portlariga chiqadigan janubiy yoʻnalishdagi yoʻlaklarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratdi.

“SHHT yagona transport makoni”ni shakllantirish va uni “Bir makon, bir yoʻl” strategik tashabbusi bilan bogʻlash boʻyicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi koʻrsatib oʻtildi. Yangi multimodal tarmoqlar, raqamli platformalar va “yashil” yoʻlaklar yaratishni nazarda tutuvchi konsepsiyani ishlab chiqish taklif etildi.

SHHTning “yashil” transformatsiya sohasidagi hamkorligini kengaytirish borasida iqlim oʻzgarishiga moslashish, havoga zaharli gazlarni chiqarishni kamaytirish, ekologik xavf-xatarlarni bashorat qilish uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalari boʻyicha mintaqaviy platformani ishga tushirish zarurligi qayd etildi.

Madaniy aloqalarni yanada chuqurlashtirish va xalq diplomatiyasi institutini kuchaytirish SHHT doirasidagi uzoq muddatli sheriklikning muhim omili hisoblanadi, – dedi Oʻzbekiston Prezidenti.

Xalq ijodiyoti xalqaro festivallarini oʻtkazish, “SHHT universiteti” sheriklik tarmogʻining onlayn kampusini yaratish, innovatsion yoʻnalishlar boʻyicha har yili talabalar va yosh mutaxassislar oʻrtasida tanlov va olimpiadalar tashkil etish gumanitar almashuvlarni rivojlantirish hamda xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga kuchli turtki berishi taʼkidlandi.

“Sayyohlik yoʻlagi” va SHHT tibbiyot turizmi alyansini ishga tushirish kabi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish taklif qilindi.

Soʻzining yakunida davlatimiz rahbari Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislikni qabul qilgani bilan tabrikladi.

Xitoy Raisi Si Szinpin davlatimiz rahbariga ilgari surilgan muhim tashabbuslar uchun minnatdorlik bildirib, ularni birgalikda amalga oshirish muhimligini taʼkidladi.

Majlis yakunida hujjatlarni imzolash marosimi boʻldi. Xususan, Tyanszin deklaratsiyasi, SHHTni 2035-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi hamda hamkorlikning turli sohalarida sheriklikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim koʻp tomonlama hujjatlar toʻplami qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер