Tramp Eron bilan hamkorlik qilayotgan davlatlarga boj joriy etdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan hamkorlik qilayotgan davlatlarga nisbatan 25 foizlik boj toʻlovlari joriy etilishini maʼlum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida yozdi.
Amerika rahbari mazkur qaror zudlik bilan kuchga kirishini hamda Tehron bilan har qanday shaklda ish olib borayotgan barcha davlatlarga taalluqli ekanini qayd etdi.
Bloomberg yozishicha, Eronning asosiy savdo hamkorlari qatoriga Hindiston, Turkiya va Xitoy kiradi. Tramp avvalroq Rossiya neftini sotib olgani uchun Hindiston tovarlariga 50 foizgacha boʻlgan boj toʻlovlarini joriy etgan edi. Xitoy mahsulotlariga qoʻshimcha 25 foizlik tariflar joriy qilinishi esa AQSH prezidenti Donald Tramp oʻtgan yil oxirida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan tuzgan savdo sulhini izdan chiqarishi mumkin.
Oq uy matbuot kotibi Karolayn Livittning aytishicha, Tramp Erondagi norozilik namoyishlarining keskin bostirilishi sababli ushbu mamlakatga qarshi har qanday choralarni, jumladan aviahujumlarni ham koʻrib chiqmoqda. Biroq prezident uchun ustuvor yoʻl hozircha diplomatiya hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring