Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar roʻyxati eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan, Oʻzbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar yangilangan roʻyxati eʼlon qilindi.
2026-yil 10-yanvar holatiga koʻra, huquq-tartibot idoralari murojaatiga asosan Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan tayyorlangan dinshunoslik ekspertizasi xulosasi asosida qariyb 1 ming 600 ta kontent radikal mazmunda deb topilgan va ularni Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish toʻliq taqiqlangan.
Jumladan:
- Telegramʼda — 790 ta;
- Facebookʼda — 249 ta;
- YouTubeʼda — 167 ta;
- Instagramʼda — 265 ta;
- TikTokʼda — 53 ta;
- Odnoklassnikiʼda — 36 ta, shuningdek, internet jahon axborot tarmogʻidagi saytlar hamda boshqa manbalarda 33 ta kontent taqiqlangan.
Taqiqlangan materiallarning batafsil roʻyxati quyidagicha (ketma-ketlikda):
“Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzogʻiga tushib qolishdan doimo saqlaning. Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yoʻl qoʻymang. Sud tomonidan taqiqlangan internet manbalardan yiroq boʻling”, — deyiladi ogohlantirish xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring