Shamol elektr stansiyasi ishga tushdi

Gʻijduvon tumani markazidan 180 kilometr olisda joylashgan Oyoqogʻitma aholi punkti hududida “Acwa Rower Bash Wina” shamol elektr stansiyasi qurilib, ishga tushirildi.
Umumiy qiymati 650 million AQSH dollariga teng bu loyihaning amalga oshirilishi yiliga 1,8 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Tumanning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini qondiribgina qolmay, ekologik barqarorlikni taʼminlash va tabiiy gaz isteʼmolini kamaytirishga xizmat qiladi. Jumladan, yiliga 500 million kub metr tabiiy gaz tejaladi.
Tumanda keyingi yillarda sanoat korxonalari soni oshib bormoqda. Ular hamda turli tashkilot va aholining elektr energiyasiga boʻlgan talabi 300 megovattni tashkil etadi. Vaholanki, yangi shamol elektr stansiyasining quvvati 500 megovattdir.
—Bizdagi maʼlumotlarga qaraganda, bu yirik loyihani amalga oshirish oson kechgani yoʻq, — deydi mehnat faxriysi R. Avezov. — 285 gektar maydonda qurilish ishlari olib borildi. Beton ishlab chiqaruvchi ikkita liniya barpo qilindi. 79 ta zamonaviy shamol generatorlari oʻrnatildi. 650 nafardan ziyod mutaxassis murakkab choʻl sharoitida mehnat qildi. Shu oʻrinda yurtimiz “yashil energetika” salohiyatini yuksaltirishda, mazkur inshootni barpo etishda Saudiya Arabistoni investorlari –“ Acwa Rower” kompaniyasi tadbirkorlarining hissasi katta ekanini aytish zarur.
Shamol elektr stansiyasining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirda investorlar, quruvchilar, tuman masʼullari va faollari, nuroniylar ishtirok etdi. Unda soʻz olganlar Buxoro energetikasi tarixidagi bu muhim voqea bilan barchani qutlab, yirik inshoot iqtisodiyotimizni mustahkamlashga, xalqimiz turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilajagini taʼkidladi.
Samad DAMINOV,
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring