Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
25-mart kuni qabul qilingan tegishli qonunga asosan shaharsozlik qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz obyektlarni qurganlik, qonunchilikni buzgan holda koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni oʻzgartirganlik va (yoki) rekonstruksiya qilganlik, shuningdek binolar va inshootlarni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, ularni rejalashtirish va qurish loyihalarini buzgan holda loyihalashtirganlik, rekonstruksiya qilganlik va qurganlik uchun javobgarlik yuzaga kelishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ushbu huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik, avval maʼmuriy javobgarlik choralari koʻrilgandan keyin qoʻllaniladi. Agar qonunbuzar noqonuniy oʻzgartirishlarni oʻz xohishi bilan tiklasa, u javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Bundan tashqari, Odam oʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan tarzda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun alohida jinoyat javobgarlik kiritilmoqda.
Shuningdek, loyiha tashkilotlarining koʻrsatmalariga rioya qilmagan qurilish buyurtmachilari javobgarlikka tortiladi. Shaharsozlik hujjatlarisiz qurilish ishlari olib borgan shaxslarga nisbatan ham qatʼiy choralar koʻriladi va qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar miqdori oshiriladi.
Taʼkidlash joiz, qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Oʻzbekistonda narkojinoyatlar soni 5 yilda 103 foizga oshdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring