Senator “Milliy, mintaqaviy va global darajada xalq diplomatiyasi” mavzusida boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Alisher Agzamxodjayev “Milliy, mintaqaviy va global darajada parlament diplomatiyasi orqali barqaror rivojlanishni taʼminlash” mavzusida Toshkent shahrida joriy yil 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy̆ Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Shanhay Hamkorlik Tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi, Birlashgan millatlar tashkilotining Oʻzbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Senator oʻz maʼruzasida mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik va yaqin qoʻshnichilik siyosati, amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, fuqarolik institutlarining rivojlanishi, xalq diplomatiyasining ustuvor jihatlariga toʻxtalib oʻtdi.
Barqaror taraqqiyotga olib boradigan yoʻl faqat iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan emas, balki xalqlar oʻrtasidagi ishonch, ochiq muloqot va hamjihatlik bilan tasniflanadi. Xalq diplomatiyasi — bu buyuk maqsadlarga erishishda eng taʼsirli, eng insoniy kuch ekanligi taʼkidlandi.
Konferensiyada soʻzga chiqqanlar global muammolarni hal etishda parlament diplomatiyasining rolini yanada kuchaytirish, madaniy va sayyohlik almashinuvini ragʻbatlantirish, yoshlar oʻrtasida muloqot platformalarini kengaytirish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring