Samarqand, Qashqadaryo va Qoraqalpogʻistonda bir qator tadbirkorlar Jinoyat kodeksining 176 va 186-1-moddalari bilan ayblanmoqda
Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullangan shaxslar aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshrabot va Toʻrtkoʻl tumani boʻlimlari, shuningdek, IIB va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida qator huquqbuzarlik holatlari fosh qilindi.
Tadbir davomida YATT “T.N.” va fuqaro M.J. Samarqand viloyatining “Zarkent” MFY hamda Qoraqalpogʻistonning “Shoʻroxon” OFY hududidagi savdo doʻkonlarida sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan va qoʻlbola usulda tayyorlangan 29 turdagi 493 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari va 258 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qoʻyganliklari aniqlandi. Mazkur mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida ham noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosi fosh etildi. Departamentning Kasbi tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.Sh. fuqaro J.Oʻ.ga 546 dona qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Huquqbuzarliklar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring