Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb Qoʻshma bayonotni imzoladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb Qoʻshma bayonotni imzoladilar.
Yetakchilar huzurida turli yoʻnalishlarda, shu jumladan:
• savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish;
• foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi hamkorlik;
• geologiya fanlari, geologik qidiruv, foydali qazilmalar va yer osti suvlarini izlash hamda konchilik sohalaridagi hamkorlik;
• raqamli transformatsiya, innovatsiyalar va raqamli oʻzaro bogʻliqlikni rivojlantirishga koʻmaklashish;
• ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlik;
• maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga raqamli taʼlim platformasini joriy etish boʻyicha hamkorlik;
• taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik;
• raqamlashtirish va suv resurslarini boshqarish sohasidagi fan-taʼlim salohiyatini oshirish;
• iqlim oʻzgarishi va atrof-muhit muhofazasi borasidagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlar toʻplamini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring