Prezident Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovning tabriknomasiga javoban maktub yoʻlladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga uning Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilishi munosabati bilan yo‘llagan tabriknomasiga javoban maktub yo‘llab, Qirg‘iziston tomoni ushbu tadbirga nufuzli delegatsiyasini yuborgani uchun minnatdorlik izhor etdi.
“Mazkur xalqaro forumning qariyb qirq yil ichida ilk bor YUNESKO Bosh qarorgohidan tashqarida, qadimiy va ulugʻ Samarqand shahrida oʻtkazilayotgani — Markaziy Osiyo mintaqasining umumiy muvaffaqiyati, shuningdek, Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori tobora ortib borayotganidan dalolat ekaniga doir iliq fikrlaringiz biz uchun juda qadrli.
Konferensiya doirasida ilgari surilgan muhim tashabbuslar hamda qabul qilinadigan qarorlar taʼlim, fan va madaniyat sohasida global hamkorlikning yangi ufqlarini ochishi, oʻzaro doʻstlik va ishonch muhitini yanada mustahkamlashiga doir fikrlaringizga toʻliq qoʻshilaman.
Ishonchim komilki, oʻrtamizdagi chin qardoshlik rishtalari tobora mustahkamlanib borayotgani, boʻlajak oliy darajadagi muloqotlarimiz esa strategik sherikligimizni yanada yuksak bosqichga koʻtarishga xizmat qiladi”, — deyiladi maktubda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring