Samarqand xalqaro aeroporti Yevropa reytingida yuqori oʻrinni egalladi
Samarqand xalqaro aeroporti nufuzli “ACI Europe” reytingida yiliga 1 milliondan 10 milliongacha yoʻlovchi tashishga moʻljallangan aeroportlar orasida 2-oʻrinni egalladi. Bu haqda “Air Marakanda” aviakompaniyasi xabar berdi.
Yevropa aeroportlari xalqaro kengashi maʼlumotlariga koʻra, joriy yil Samarqand aeroportida yoʻlovchilar oqimining keskin ortishi kuzatilgan. Bu koʻrsatgich 2019-yilga nisbatan 186 foizga, 2023-yilga nisbatan esa 37 foizga ortgan.

Jumladan, 2024-yilda aeroport 1,38 milliondan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatib, oʻz faoliyati tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan.
Maʼlumot uchun, ayni paytda Samarqand xalqaro aeroportining zamonaviy terminalini “Air Marakanda” aviakompaniyasi boshqaradi. U 17 ta kompaniya bilan hamkorlik qilib, bugungi kunda 18 ta yoʻnalish boʻyicha 16 ta xalqaro, 2 ta ichki aviaqatnovlarni amalga oshirib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring