Saida Mirziyoyeva Turkmanistonda xalqaro konferensiyada qatnashdi

19:25 10 Dekabr 2025 Siyosat
280 0

Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkmanistonning Avaza shahrida “Zamonaviy jamiyatda xotin-qizlarning oʻrni” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Prezidenti Administratsiyasi rahbari bugun, 10-dekabr kuni boʻlib oʻtgan konferensiyada teng huquqlilik va xotin-qizlar hissasining muhimligi gʻoyalari chuqur tarixiy ildizlarga ega ekani haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashgan.

Shuningdek, Oʻzbekistonda xotin-qizlarning taʼlim, tadbirkorlik sohalarida imkoniyatlarini kengaytirish va huquqlarini himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻzlab bergan. Xotin-qizlar huquqlarini hurmat qilish, bunda oʻzaro qoʻllab-quvvatlash va hamjihatlik muhimligini qayd etgan.

“Ishonamanki, birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan har bir ayol oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarishi uchun sharoit yarata olamiz”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva Telegram kanalida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?