“Rossiya zaiflikni yangi fathlar uchun imkoniyat deb biladi” — Gʻarb rasmiylaridan biri

17:54 20 May 2025 Dunyo
187 0

Arxiv foto

Gʻarb maxsus xizmatlarining fikriga koʻra, Ukrainadagi urush tugagach, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yanada xavfli shaxsga aylanadi. Estoniya mudofaa vaziri Xanno Pevkur “Bild” bilan suhbatda “Agar Ukrainadagi janglar tugasa, biz uchun xavf kuchayadi”, — degan.

Uning fikriga koʻra, sulh tuzilgan taqdirda ham 800 ming nafarga yaqin rus askarlari uylariga qaytmaydi, ular yangi topshiriq olishadi.

“Bild” maʼlumotlariga koʻra, sulhdan soʻng Gʻarb razvedkasi Rossiya qoʻshinlarini Ukrainadan Finlyandiya va Norvegiya chegaralariga, shuningdek, Boltiqboʻyi mamlakatlariga hamda Belarusga deyarli Polsha chegarasiga koʻchirishdan qoʻrqadi. Maxsus xizmatlarning fikriga koʻra, bu borada allaqachon rejalar mavjud va soʻnggi oylarda Rossiya tegishli infratuzilmani tayyorlagan. Hozircha ularni amalga oshirishga faqat Ukrainadagi urush toʻsqinlik qilmoqda.

Ukrainadagi urush yaqin kelajakda tugasa, Rossiya “Gʻarb-2025” mashqlari paytida Belarusga qoʻshin yuborishi mumkin. Manbaning eslatishicha, Rossiya Belarusdagi harbiy manevrlardan 2021-yilda Ukraina chegaralari yaqinida armiyani joylashtirish uchun bahona sifatida foydalangan. Bu safar shunday holat Litva yoki Polsha chegaralarida sodir boʻlishi mumkin.

“Rossiya zaiflikni yangi fathlar uchun imkoniyat deb biladi. Gruziyadan keyin Qrim, keyin Donbass, undan soʻng Ukraina. Agar biz Putinga qoʻshib olingan hududlarni saqlab qolish imkoniyatini qoldirsak, u yanada kattaroq qadam tashlaydi”, — deydi Gʻarb rasmiylaridan biri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер