Rossiya flotini rivojlantirishning 2050-yilgacha boʻlgan strategiyasi tasdiqlandi

Illyustrativ foto
“Rossiya Harbiy-dengiz flotini 2050-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” tasdiqlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.
Hujjat Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan 30-may kuni tasdiqlangan. Uni tayyorlash boʻyicha qaror oʻtgan yilning iyul oyida Kremlda boʻlib oʻtgan yigʻilishda qabul qilingan edi. Strategiya Mudofaa vazirligi tomonidan loyiha shaklida tayyorlangan va Rossiya Dengiz kollegiyasi tomonidan federal idoralar hamda tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqilgan.
“Tafsilotlarni ochiqlamasdan shuni aytishim mumkinki, bunday strategik rejalashtirish hujjati zamonaviy tarixda birinchi marta qabul qilindi. Rossiyaning dunyodagi eng yirik dengiz kuchlaridan biri sifatidagi mavqeyi asta-sekin tiklanmoqda”, dedi prezident yordamchisi Nikolay Patrushev.
Strategiyada global harbiy-siyosiy vaziyat tahlili, qurolli toʻqnashuvlar yuzaga kelish ehtimoli va ularning xarakteri, yetakchi dengiz davlatlarining harbiy salohiyati hamda Rossiya Harbiy-dengiz flotining hozirgi holati baholangan.
Maʼlumot uchun, AQSH Mudofaa vazirligi 2021-yilda bergan hisobotida Xitoy dunyodagi eng katta dengiz flotiga ega ekanligi maʼlum qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring