Ronaldu Mbappega, Vinisius Valverdega qarshi. «Yevro – 2024» va «Copa America»ning chorak final juftliklari maʼlum boʻldi

13:56 03 Iyul 2024 Sport
277 0

Illyustrativ foto

Kecha Turkiya terma jamoasi Germaniyada oʻtayotgan «Yevro – 2024» turniridagi soʻnggi chorak final ishtirokchisiga aylandi. Chorak finalda muxlislar finalga teng bahslar guvohiga aylanishadi.

«Yevro – 2024» chorak final juftliklari bilan tanishing:

5-iyul, 21:00. Ispaniya — Germaniya;

5-iyul, 00:00. Portugaliya — Fransiya;

6-iyul, 21:00. Angliya — Shveysariya;

6-iyul, 00:00. Niderlandiya — Turkiya.

Shuningdek, AQSH maydonlarida davom etayotgan «Copa America» turnirida ham chorak final juftliklari maʼlum boʻldi. Chorak finalning eng qiziqarli uchrashuvi Urugvay va Braziliya oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Bahs 7-iyul kuni tongda soat 06:00ga rejalashtirilgan.

«Copa America» chorak final juftliklari bilan tanishing:

5-iyul, 06:00. Argentina — Ekvador;

6-iyul, 06:00. Venesuela — Kanada;

7-iyul, 03:00. Kolumbiya — Panama;

7-iyul, 06:00. Urugvay — Braziliya.

Avvalroq, «Copa America» ishtirokchisi Messi Yevropa chempionati ishtirokchisi Yamal haqida fikr bildirgani haqda xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?