Respublika ijro hokimiyatida 2 ming 141 ta shtat birligi qisqartiriladi

09:46 08 Oktyabr 2025 Jamiyat
152 0

“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–178-son, 04.10.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur farmondan koʻzlangan maqsad etib, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini taʼminlash hamda boshqaruv xarajatlarini qisqartirish belgilangan.

Maʼlum qilinishicha, ijro hokimiyatining 2 ming 141 ta shtat birligi qisqartiriladi. Eng koʻp qisqartirishlar Soliq qoʻmitasida kuzatilib, unda 486 ta shtat birligi qisqartiriladi. Shuningdek, Suv xoʻjaligi vazirligida 224 ta, Qishloq xoʻjaligi vazirligida 200 ta hamda Bandlik vazirligida 163 ta shtat birliklari qisqartiriladi.

Bundan tashqari, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligida 176 ta, Adliya vazirligida 197 ta, Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi vazirligida 64 ta va Transport vazirligida 57 ta shtat birliklari qisqartirilishi belgilangan.

Shuningdek, qoʻmita, agentlik hamda inspeksiyalardagi 16 ta oʻrinbosar shtati tugatilgan.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari quyidagilarni taʼminlashi belgilandi:

  • sohaga oid boʻlmagan vazifalarning qisqartirilishi va faoliyatiga raqamli texnologiyalarning joriy etilishini;
  • maʼlumotlarni qayta ishlash hamda sunʼiy intellektga asoslangan loyihalarni ishga tushirish uchun texnik infratuzilma yaratish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida mazkur yoʻnalishdagi ustuvor loyihalar amalga oshirilishini;
  • sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha aholining bilim va koʻnikmalarini oshirish, kadrlar salohiyati rivojlantirilishini taʼminlab boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер