Qoʻqon shahrida “Hizb ut-Tahrir” tashkilotining yashirin guruhi aʼzolari qoʻlga olindi (+video)

Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlarini jalb qilgan holda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining yashirin guruhi fosh etildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanalida xabar berildi.
Xabarda aytilishicha, Qoʻqon shahrida yashovchi, 1962-yilda tugʻilgan, muqaddam “Hizb ut-Tahrir” tashkilotiga aʼzo boʻlib, Jinoyat Kodeksining 159 va 244 prim 1 hamda 244 prim 2 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun 2000-2019-yillarda ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtagan shaxs 1965-1971-yillar oraligʻida tugʻilgan 4 nafar fuqaroni jalb qilgan holda noqonuniy guruh tuzgan.
Shundan soʻng, guruh aʼzolari 2024-2025-yillar davomida Qoʻqon shahridagi choyxona va oshxonalarda oʻtkazilgan oʻzaro yigʻinlarda “Hizb ut-Tahrir” gʻoyalarini Oʻzbekistonga olib kirilishini, ushbu tashkilot tomonidan chop etilgan kitob va jurnallarda ifodalangan aqidaparastlikni, xalifalik davlati qurish gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlab kelishgan.
Shuningdek, “Telegram” messenjeridagi yopiq kanalga aʼzo boʻlib, unda “Hizb ut-Tahrir” DETga tegishli materiallar bilan muntazam tanishib borishgan.
Taʼkidlash lozimki, guruhning 1971-yilda tugʻilgan aʼzosi ham muqaddam “Hizb ut-Tahrir” tashkilotidagi ishtiroki uchun 23-yillik jazo muddatini oʻtab, 2024-yilning aprel oyida ozodlikka chiqqan boʻlsa, boshqa bir aʼzosi esa firibgarlik bilan bogʻliq jinoyati uchun qonun oldida javobgarlikka tortilgan boʻlgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 159 va 244 prim 1 hamda 244 prim 2 moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring