Tanzila Narbayeva “Better Cotton” xalqaro tashkiloti bosh direktori Alan Makkley bilan uchrashdi

19:51 13 Iyun 2025 Siyosat
221 0

Jeneva shahrida Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva “Better Cotton” xalqaro tashkiloti bosh direktori Alan Makkley bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqot chogʻida Oʻzbekistonda “Better Cotton” dasturini amalga oshirish tajribasi va bu yoʻnalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Uchrashuvda “Better Cotton” dasturining nafaqat paxtachilikda sertifikatlash vositasi, balki ekologik barqarorlik, ijtimoiy masʼuliyat va mehnat standartlarini yaxshilovchi platforma sifatidagi roli muhim ekani taʼkidlandi. Dastur doirasida ishtirok etish orqali Oʻzbekiston paxtachilik ishlab chiqaruvchilari uchun xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlari kengaymoqda. Bu esa mamlakatning toʻqimachilik mahsulotlari eksportida ishonchli hamkor sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Suhbat davomida Oʻzbekistonda “Better Cotton” dasturi qamrovini kengaytirish masalasi ham muhokama qilindi. Hozirgi paytda dastur 6 ta paxta klasterini qamrab olgan boʻlib, ular yiliga qariyb 30 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirmoqda. Bu natijalar mazkur platformaning yurtimizda barqaror ishlab chiqarish va masʼuliyatli yetkazib berish madaniyatini shakllantirishga hissa qoʻshayotganini koʻrsatadi.

Tomonlar ushbu yoʻnalishda sheriklikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirgan holda, Oʻzbekiston va “Better Cotton” tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldilar. Bu esa, oʻz navbatida, mamlakatda barqaror qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va xalqaro mehnat standartlarini tatbiq etish yoʻlida muhim qadamlardan biri boʻlishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер