Qatar Binyamin Netanyahuni Dohaga hujum uchun javobgarlikka tortishni talab qildi
Foto: Reuters
Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Oli Tani Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni Dohaga qilingan havo hujumi uchun javobgarlikka tortish zarurligini bildirdi. U bu haqda CNNga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
Al Taniga koʻra, Xalqaro jinoyat sudi avvalroq Netanyahuning qoʻlga olinishi uchun order chiqargan.
“U javobgarlikka tortilishi kerak. Chunki u — qidirilayotgan shaxs”, — dedi Qatar hukumati rahbari.
Uning taʼkidlashicha, Netanyahu nafaqat Qatarga, balki “barcha boshqa davlatlarga ham tahdid solmoqda”.
“Hech bir mamlakat uning xalqiga tahdid qilmayapti. U nega oʻzini tinchlikparvar deb atab, aksini qilyapti? Jahon haqiqatdan ham bunga ishonadi deb oʻylaysizmi? Menimcha, mintaqada juda xavfli vaziyat yuzaga kelgan”, — dedi u.
Al Tani Isroil havo kuchlarining Dohaga zarbalarini “xavfli pretsedent” deb baholadi va bu holatni Fors koʻrfazi Arab hamkorlik kengashiga aʼzo hech qaysi mamlakat qabul qilmasligini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring