Qashqadaryoda “Nexia-2” yonib ketdi

Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida “Nexia-2” avtomobili yonib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, yongʻin bugun 2-iyun kuni soat 11:57 larda roʻy bergan. Chiroqchi tumani FVBga yongʻin haqida xabar kelib tushgandan soʻng, 1 ta yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi voqea joyiga soat 12:13 da yetib borib, qisqa vaqt ichida alangani oʻchirgan.
Yongʻin oqibatida transport vositasining old va salon qismi toʻliq zarar koʻrgan. Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvakroq Toshkent shahri Olmazor tumanida MAN rusumli yuk mashinasi yonib ketgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring