Qashqadaryo va Buxoroda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Dehqonobod tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.S. fuqaro B.T.ga 3 700 AQSH dollarini 48,1 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Jondor tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.B. fuqaro U.Q.ga 3 400 AQSH dollarini 45 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Departamentning Buxoro shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Karvon bozori” savdo markazida fuqaro D.A. fuqaro G.B.dan 3 300 AQSH dollarini 42,5 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring