Oʻzbekiston TIV xorijda boʻlib turgan yurtdoshlarimizga muhim tavsiyalar berdi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy davlatlarda boʻlib turgan hamda safar rejalashtirayotgan fuqarolarga quyidagi umumiy tavsiyalarga amal qilishni eslatib oʻtdi.
Rasmiy axborot manbalarini kuzatib boring
- yashab turgan mamlakat rasmiy idoralari xabarlarini kuzatib boring;
- Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonalari eʼlon qilayotgan maʼlumotlarga eʼtibor qarating.
Diplomatik vakolatxonalar bilan aloqada boʻling
- zarur hollarda konsullik hisobiga turish tavsiya etiladi.
- oʻzingiz joylashgan mamlakatdagi elchixona yoki konsullikning aloqa maʼlumotlarini saqlab qoʻying.
Mahalliy qoidalarga rioya qiling
- mamlakat qonunchiligiga hurmat bilan yondashing;
- ommaviy tadbirlar va gavjum joylarda ehtiyotkorlikni saqlang.
Shaxsiy tayyorgarlik
- pasport va zarur hujjatlarni tartibli saqlang;
- aloqa vositalaringiz doim ishlashga tayyor boʻlishiga eʼtibor qarating.
Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi fuqarolar bilan doimiy aloqada boʻlib, zarur hollarda konsullik-huquqiy yordam koʻrsatishga tayyor ekanini eslatib oʻtgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring