“Puma”dan “misli koʻrilmagan” choʻkish: kompaniya aksiyalari keskin arzonladi. Nemis kompaniyasi futbolchimiz Abduqodir Husanov bilan hamkorlik qiladi

10:39 24 Yanvar 2025 Iqtisodiyot
303 0

Germaniyaning yirik sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi “Puma” shirkati keskin 16% ga pasaydi. Kompaniyaning toʻrtinchi chorak savdolari kutilganidan pastroq boʻlgani va yillik foyda kamaygani ushbu yoʻqotishga sabab boʻldi. Bu haqda “JPMorgan” tahlilchilari xabar berdi.

Payshanba kungi holatiga koʻra, “Puma” aksiyalari 16,5% ga pasayib, birja savdolarida 34,90 yevrogacha tushdi. Bu soʻnggi besh oydagi eng past koʻrsatkich boʻlib, kompaniya tarixidagi eng yomon kunlardan biriga aylandi.

Kompaniyaning toʻrtinchi chorakdagi savdolari valyuta kursiga moslashtirilgan holda 9,8% ga oʻsdi, lekin bu tahlilchilar kutilgan 12% koʻrsatkichdan past boʻldi. Yillik sof foyda esa 282 million yevrogacha kamaygani aytilmoqda. Bu eng kam daromad olingan yil, 2022-yildagidanda (305 million yevro) pastroqdir.

“Puma” bozorda oʻz oʻrnini mustahkamlash uchun yangi mahsulotlarni, jumladan, “Speedcat” nomli motor sportidan ilhomlangan poyabzallarni taqdim etdi. Shunga qaramasdan, raqobatbardosh bozor sharoitida “Speedcat” “Adidas”ning retro uslubdagi “Samba” futbol poyabzali savdosidan ortda qolib ketdi.

Kompaniya oʻzining kutilganidan past savdolari haqida izoh bermadi. “Puma” bosh direktori Arne Freundt oʻtgan noyabr oyida yil oxiridagi xarid mavsumiga talab yuqori boʻlishidan umidvor ekanini bildirgan edi. Ammo yakuniy natijalar uning bu taxminlariga mos kelmadi.

“Puma” 2027-yilgacha EBIT marjasini 8,5% ga yetkazishni maqsad qilib qoʻygan. Bu natijaga xarajatlarni qisqartirish dasturi orqali erishish rejalashtirilgan boʻlib, kompaniyaning 2024-yilda 7,1% daromad marjasiga erishishi kutilmoqda.

Soʻnggi natijalar “Puma” sarmoyadorlari uchun qoniqarli boʻlmadi. Kompaniya qiyin sharoitlarda bozorda oʻz oʻrnini mustahkamlash va xarajatlarni qisqartirish oʻrtasida muvozanat topishi lozim.

Qayd etish kerakki, mazkur nemis kompaniyasi hamyurtimiz, “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov bilan hamkorlik qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер