Prezident Yangi Toshkent qurilishini boshlab berdi va boshqa manzillarga tashrif buyurdi. Fotoreportaj
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qatnashdi va bir qator manzillarga tashrif buyurdi.
Sessiyadan keyin Prezident Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 5-umumtaʼlim maktabida boʻldi. Shundan soʻng davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi 1-bolalar musiqa va sanʼat maktabini koʻzdan kechirdi.
Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev shuningdek, poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi Gulbozor mahallasida boʻldi.

Kun yakunida Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent hududida bir qator obyektlar qurilishini boshlashga bagʻishlangan marosimda ishtirok etdi.
— Bugun “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetining kampuslari, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi, ijod maktabi hamda Milliy maqom markaziga tamal toshi qoʻyamiz. Yangi shahar qurilishi ilm-fan, maʼnaviyat maskanlaridan boshlanayotgani bejiz emas. Bular maʼrifatli jamiyat barpo etish gʻoyamizning asosi va namunasi boʻladi, – dedi davlat rahbari.
Tadbirlarni yoritishda ishtirok etgan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaj tayyorladi.





































































Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring