Politico: Fransiya Falastinni tan olgan taqdirda Isroil keskin choralar koʻradi

Politicoʻning xabar berishicha, agar Fransiya sentyabr oyida boʻlib oʻtadigan BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida Falastinni tan olsa, Isroil unga nisbatan qatʼiy javob choralarini qoʻllaydi.
Eslatib oʻtamiz, iyul oyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Falastin davlatini tan olishni qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qilgan edi.
Manbaga koʻra, bunga javoban Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bir nechta ssenariylarni ishlab chiqmoqda. Jumladan:
— Iordan daryosining gʻarbiy sohilidagi hududlarni anneksiya qilish jarayonini tezlashtirish;
— Quddusdagi Fransiya konsulligini yopish;
— Isroil hududida Fransiyaga tegishli obyektlarga, jumladan, xristianlarning muqaddas Eleona ziyoratgohiga kirishni cheklash.
Ismi oshkor qilinmagan yevropalik diplomatning aytishicha, Isroil “javob choralarida hech narsadan toʻxtamaydi” va buning oqibatida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar keskin yomonlashishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring