Pensiyani naqd olishda Face-ID orqali shaxsni tasdiqlash tizimi joriy etildi
Oʻzbekistonda pensiyani naqd shaklda toʻlab berish jarayonida biometrik identifikatsiya – Face-ID tizimi joriy etildi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotga koʻra, 2025-yil oktyabridan boshlab hududlarda naqd pensiya toʻlashda fuqarolarning yuzi Face-ID orqali tekshiriladi, ular pulni olganini elektron imzo orqali tasdiqlaydi.
Jamgʻarmaga koʻra, yangi tizim hisobotlarda “toʻlandi” deb koʻrsatilib, aslida fuqaroga pul berilmay qolishi yoki boshqa shaxslarga toʻlab yuborilishi mumkin boʻlgan holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.
“Endilikda toʻlov jarayonida boʻlishi mumkin boʻlgan Xalq banki tomonidan hisobotlarda “toʻlandi” deb hisobot berilib, amalda fuqaroga toʻlanmaslik yoki boshqa shaxslarga toʻlab yuborish holatlari oldi olinadi”, — deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Pensiya jamgʻarmasi ijrochi direktori Murodbek Otajonov hukumatda pensiya yoshini oshirish rejasi mavjudligini tasdiqlagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring